Agar raqamlarga murojaat qiladigan bo'lsak, bu yaqqol ko'zga tashlanadi. Xususan, shu yilning o'tgan yanvar`-may oylari uchun 176,6 mln. dollar miqdorida reja prognozlari belgilangandi, bugungi kun holatiga esa bu ko'rsatkich 180,4 mln. dollarni tashkil qildi.
eng muhimi, eksport mahsulotlari turi ham ko'payib bormoqda. Xususan, o'tgan yilning taqqoslanayotgan davrida 514 turdagi mahsulotlar eksportga jo'natilgan bo'lsa, joriy yilda bu ko'rsatkich 582 xilga teng bo'lib, mahsulotlar soni 68 taga ko'paydi.
Bularga misol sifatida etil spirti, maishiy ro'zg'or buyumlari, turli xildagi ko'zoynaklar, gilamlar, ayollar va erkaklar poyabzallari, qurilish materiallari va eng quvonarlisi, gazoblok mahsulotlarini keltirish mumkin. Vaholanki, o'tgan yillarda gazoblok mahsulotlari viloyatga katta miqdorda import qilinardi. Ularni katta hajmda ishlab chiqarish yo'lga qo'yilganligi natijasida bunday imkoniyatga erishildi.
Agar eksport qilinayotgan mahsulotlar ulushiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, xomashyoga nisbatan tayyor mahsulotlar o'sib borayotganligini ko'rish mumkin. Jumladan, tekstil` mahsulotlari o'tgan yilning mos davrida 58,1 mln. dollar (jami eksportga nisbatan 47,9 foiz, shundan xomashyo 50 foiz, yarim tayyor mahsulot 8 foiz va tayyor mahsulot 42 foiz)ni tashkil etgan bo'lsa, joriy yilda esa ko'rsatkichlar 65,0 mln. dollar (jami eksportga nisbati 55,7 foiz)dan iborat bo'ldi. YA'ni shundan xomashyo mahsulotlari 43 foiz, yarim tayyor mahsulot 10 foiz, tayyor mahsulot 47 foizga teng.
Bundan tashqari, sabzavot mahsulotlari 16,8 foiz (7 foizga oshgan), paxta tsellyulozasi 5,6 foiz (2 foizga ko'paygan) oshdi. Bunday ijobiy holatni boshqa mahsulotlar misolida ham kuzatish mumkin.
SHuningdek, viloyat eksport geografiyasi ham kengayib bormoqda. Masalan, o'tgan yil davomida eksport qilinayotgan mamlakatlar jami 58 tani tashkil etgan bo'lsa, joriy yilda ular soni yana 4 ta davlatga ko'paydi. Jumladan, Portugaliya, Ruminiya, Argentina va Vengriya qo'shildi.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma'lumotlariga ko'ra, eksportyor korxonalar soni ko'payganligini ham alohida ta'kidlash joiz. Xususan, shu yilning o'tgan davrida ularga yana 92 ta yangi korxona qo'shildi (72 ta sanoat, 27 ta qishloq xo'jaligi) va jami eksportyor korxonalar soni 576 taga etdi. YAngi jalb etilgan korxonalar tomonidan 38,2 mln. dollar miqdoridagi mahsulot eksport qilindi.