“JSST xodimlari millionlab odamlar bo'sh vaqtini video o'yinlar bilan o'tkazib zavqlanishini va bu o'yinlar ularning xobbisi ekanligini yaxshi biladi. Ammo video o'yinlardan haddan tashqari foydalanish aksariyat o'yinchilar uchun funktsional buzilish va psixologik stressni keltirib chiqarishi mumkin. SOVID-19 pandemiyasi kabi qiyin paytlarda ko'plab odamlar uyda o'tirishga majbur bo'lmoqdalar. Va odatdagi kun tartibi sezilarli darajada buzilishi hisobiga ortiqcha video o'yinlar kabi zararli xatti-harakatlarga berilish ketishlari oson bo'lmoqda”,– dedi Poznyak..
Uning so'zlariga ko'ra, “onlayn va oflayn faoliyat o'rtasidagi muvozanat”ni saqlash nihoyatda muhimdir. Poznyak, qimor o'yinlarining buzilishi Xalqaro kasalliklar tasnifining (ICD-11) 2020 yil 1 yanvardan kuchga kirgan 11- qayta ko'rib chiqilgan nashriga kiritilganligini esladi.
Uning ta'kidlashicha, kasallikni ICD ga kiritish murakkab jarayon bo'lib, unda komp`yuter o'yinlarini o'ynaydigan odamlar soni emas, balki ko'plab o'tkazilgan tadqiqotlar natijasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Bundan tashqari, COVID-19 pandemiyasi paytida komp`yu`er o'yinlariga haddan tashqari qaramlik, ayniqsa, bolalar va o'smirlar uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini ta'kidladi.