Italiya bosh vaziri Juzeppe Kontening taʼkidlashicha, koronavirus pandemiyasi yangi dunyo barpo etish imkoniyatini ochmoqda, deb yozadi RIA Novosti.

“Pandemiya dunyoning barcha mintaqalari va xalqlariga taʼsir koʻrsatdi, insoniyatni yana bir bor sinovdan oʻtkazdi. Ushbu fojia bizni oʻzgartirdi, ammo bu biz allaqachon kirishishimiz kerak boʻlgan “yangi boshlanish” uchun imkoniyat ham berdi”, dedi u.

“Pandemiya ustidan tezkor gʻalabaga boʻlgan umid oddiy “odatdagi hayot”ga imkon qadar tezroq qaytish istagi bilan bir vaqtda boʻlmasligi kerak. Biz koʻproq narsani xohlashimiz, boshqa dunyoni qayta kashf etishimiz lozim. Chunki eski voqelik unchalik ham yaxshi boʻlmagan, iloji boricha bu holatni yaxshilashimiz zarur, - dedi Konte.

Uning soʻzlariga koʻra, pandemiya barchaga yaxshiroq boʻlish uchun qiyinchilik tugʻdirdi va bu imkoniyatni eʼtiborsiz qoldirish “kechirilmas xato” boʻladi.