2021-yilning birinchi choragi natijalari shuni koʻrsatadiki, Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun beqaror tashqi iqtisodiy vaziyat saqlanib qolmoqda. Birinchi chorakda Qozogʻiston YAIM 1,6% ga, Qirgʻiziston YAIM 9,4% ga, Rossiya YAIM esa 1,8% ga kamaydi.
Biroq, ushbu davrda Oʻzbekiston YAIM 3 foizga oʻsdi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish oʻsishi kuzatildi. Masalan:
-
-
- sanoat sohasida ishlab chiqarish hajmining 3,8% gacha oʻsishi kuzatildi (2020-yilning shu davrida – 1,9%);
- inflyatsiya surʼati pasayishda davom etmoqda (2,5%, 2020-yilda – 2,8%);
- xizmat koʻrsatish sohasining oʻsishi 5,8% ni tashkil etdi.
-
Markaziy bank hisob-kitoblariga koʻra, 2021-yilda Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti 4,5-5,5% gacha oʻsishi kutilmoqda.