Para akademik eshkak eshish. Parij-2024 ga ilk litsenziya qo‘lga kiritildi

    Joriy yilning 3-10-sentabr kunlari Serbiya poytaxti Belgrad shahrida para akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur musobaqada PR1M1X klassida yakkalik bahslarida terma jamoamiz a’zosi Xolmurod Egamberdiyev “B” finalda 09:14:79 vaqt bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi.

    Bu muvaffaqiyat hamyurtimizga Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani taqdim qildi.