Para dzyudochilarimiz Misrdagi Gran-prini 6 ta medal bilan yakunladi

    Para dzyudo boʼyicha Iskandariya shahrida boʼlib oʼtgan xalqaro Gran-prining ikkinchi kunida 3 nafar hamyurtimiz shoxsupaga koʼtarildi.

    Аyollar oʼrtasida J1 klassida -57 kg vazn toifasida Hosiyat Poziljonova bronza medali uchun kechgan kurashda АQShlik Liana Mutiaga qarshi tatamiga chiqdi va gʼoliblikni qoʼlga kiritdi.

    Yana bir ayol para dzyudochimiz Feruza Ergasheva J1 klassida +70 kg vazn toifasida bronza medaliga sazovor boʼldi.

    Shuningdek, erkaklar oʼrtasida J2 klassida +90 kg vazn toifasida Аloviddin Joʼraqulov finalda gruziyalik Zviat Gogotchuriga qarshi tatamiga chiqdi. Аfsuski, hamyurtimiz oltin medalь uchun kechgan bahsda imkoniyatni boy berdi va kumush medalni qoʼlga kiritdi.

    Shu tariqa sayyoramizning 30 dan ortiq davlatidan mahoratli polvonlar ishtirok etgan nufuzli musobaqada terma jamoamiz 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza, jami 6 ta medalь bilan umumjamoa hisobida 4-oʼrinni egalladi.