Kecha, 23-avgust kuni hamyurtimiz Kemran Nurillayev IBSA Jahon o‘yinlari va IBSA dzyudo Jahon chempionatida oltin medalga ega chiqdi.
Nurillayev oltin medal uchun kechgan kurashda vakilimiz gruziyalik Nukri Migrijanashviliga qarshi tatamiga chiqdi va ippon bahosi bilan g‘alaba qozondi.
Erkaklar o‘rtasida J2 klassida -73 kg vazn toifasida hamyurtimiz Feruz Sayidov esa final janggini eronlik Vahid Jeddiga qarshi o‘tkazdi. Afsuski, vakilimiz ushbu bellashuvda imkoniyatni boy berib qo‘ydi va delegatsiyamiz hisobiga kumush medalni yozdirib qo‘ydi.
Ayollar o‘rtasida J2 klassida -57 kg vazn toifasida finalda qatnashgan hamyurtimiz Kumushxon Xo‘jayeva hal qiluvchi jangda turkiyalik Zeyneb Chelikka mag‘lub bo‘ldi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.