Milliy paralimpiya qoʼmitasi maʼlumotiga koʼra, ayollar oʼrtasida F41 klassida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz Kubaro Hakimova 9 metr 83 sm natija bilan kumush medalni qoʼlga kiritdi.
Quvonarlisi, yosh iqtidorli para atletimiz ham ushbu natijasi orqali Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʼyinlariga litsenziyani naqd qilib qoʼydi.
Eslatib oʼtamiz, bundan avvalroq Аsila Mirzayorova uzunlikka sakrash bellashuvlarida oltin medalni qoʼlga kiritib, Paralimpiya oʼyinlariga litsenziya sohibiga aylangan edi.