Musobaqaning dastlabki kunidayoq vakillarimiz sovrindorlar safidan joy oldi. Jumladan, bundan biroz avval erkaklar oʼrtasida uzunlikka sakrash bahslarining T36 klassida Izzat Turgʼunov 5 m 61 sm natija qayd etib oltin medalni qoʼlga kiritdi. Huddi shu klassda yana bir hamyurtimiz Jamoliddin Аkobirov esa 4 m 26 sm natija bilan bronza medaliga sazovor boʼldi.
Bundan tashqari, ayollar oʼrtasida klab uloqtirish boʼyicha F32 klassida Mahliyo Аkramova 17 m 69 sm natija qayd etib, delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni yozdirib qoʼydi.
Hozircha terma jamoamiz hisobida 2 ta oltin va 1 ta bronza medali mavjud.