Para yengil atletika: sportchilarimizda hozircha 7 ta medal!

    Tunis mezbonligida o‘tayotgan para yengil atletika bo‘yicha xalqaro Gran-pri musobaqasining ikkinchi kungi bellashuvlari ham hamyurtlarimiz uchun sermahsul bo‘ldi.

    Vakillarimiz 4 ta oltin, 2 ta kumush hamda 1 ta bronza, jami 7 ta medalga sazovor bo‘lishdi.

    Erkaklar:

    Yadro uloqtirish (F32)
    Jasur Xodjayev – oltin

    Disk uloqtirish (F11/37/43)
    Qudratulloxon Ma’rufxo‘jayev – kumush

    Uzunlikka sakrash (T11/12)
    Mansur Abdurashidov – oltin

    Balandlikka sakrash (T44/46/47)
    Omadbek Xasanov – oltin
    Temurbek Giyazov – kumush

    Ayollar:

    Klab uloqtirish (F31/32/51)
    Maxliyo Akramova – bronza

    Uzunlikka sakrash (T12)
    Dilnoza Miraxmatova – oltin

    Ayni damda O‘zbekiston delegatsiyasi 11 ta medal bilan umumjamoa hisobida mezbon – Tunisdan so‘ng 2-o‘rinda bormoqda.