Para yengil atletikachilarimiz yorug‘ yuz bilan yurtimizga qaytib keldi

    Xabaringiz bor, Fransiya poytaxti – Parij shahrida para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Yurtimiz vakillari mazkur muhim musobaqada 17 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida 8-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

    Bugun tunda jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan para yengil atletika bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari yurtimizga qaytib keldi.

    Sportchilar Toshkent xalqaro aeroportida Yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti – O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev, qo‘mita mutasaddilari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari tomonidan tantanali kutib olindi.