Para kamondan otish bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari Osiyo chempionatida ishtirok etmoqda

    Para kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ayni kunlarda Bangkok shahri mezbonlik qilayotgan Osiyo chempionatida qatnashmoqda. Bu haqda Milliy paralimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

    Xabarga ko‘ra, Tailand poytaxtidagi musobaqa para atletlarga Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinalri uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyalarni taqdim etishi bilan yanada ahamiyatlidir.

    23-noyabr kuni ushbu qit’a birinchiligida ishtirok etayotgan ikki nafar hamyurtimiz – Ubaydulla Imomqulov hamda Abduvahob Qirg‘izboyev Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasi uchun bo‘ladigan bahslarda ishtirok etadi.