Ayollar o‘rtasida VL3 klassida yarim finalda ishtirok etgan Muxlisa Eshmirzayeva 01:08,91 daqiqa vaqt bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Erkaklar o‘rtasida KL3 klassida yarim finalda qatnashgan Hasan Qo‘ldoshev esa 43,78 soniya natija bilan ikkinchi o‘rinni egalladi va u ham finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining xabar berishicha, ushbu sportchilarimiz ishtirokidagi final bahsi 5-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:44 da boshlanadi.