Eʼtiborlisi, qitʼamizning 10 ga yaqin mamlakatidan 50 nafardan ortiq sportchi ishtirok etgan ushbu musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 4 tadan oltin va kumush medalga sazovor boʻlgan holda, umumjamoa hisobida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Kuchli uchlikdan shuningdek, Eron va Qozogʻiston terma jamoalari joy oldi.

Oltin:

Muxlisa Eshmirzayeva (VL3)

Shaxnoza Mirzayeva (KL3)

Hasan Qoʻldoshev (KL3)

Haytmurod Sherqoʻziyev (VL3)

Kumush:

Iroda Rustamova (VL2)

Iroda Rustamova (KL2)

Azizbek Abdulhabibov (KL2)

Toʻrabek Nazarqulov (VL3)

Tailanddan qaytib kelgan para kanoechilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi masʼullari, sportchilarning oila aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan tantanali kutib olindi.