Quvonarlisi, kecha 50 metr masofaga to‘pponchadan otish bo‘yicha aralash dasturda ishtirok etgan hamyurtimiz Shaxnoza Mamajonova oltin medalga sazovor bo‘ldi. Kuchli uchlikdan esa Fransiya va Avstraliya sportchilari joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, vakilimiz bundan avvalroq ushbu musobaqaning 10 metr masofaga to‘pponchadan otish dasturida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.