Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev Dubay shahrida Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Majid Rashed bilan uchrashdi.
Samimiy ruhda kechgan suhbat davomida kelasi yil Toshkentda o‘tadigan Yoshlar o‘rtasidagi Para Osiyo o‘yinlarini yuqori darajada tashkil etish va bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.