O‘zbekiston ushbu bellashuvda 2 ta jamoa bilan ishtirok etdi. 1-jamoada Farhod Umrzoqov, Xusniddin Usmonov hamda Ro‘za Qo‘ziyeva, 2-jamoada esa Sanjar Olloberganov, Axror Bozorov hamda Qudratoy Toshpo‘latova yurtimiz sharafini himoya qildi.
Eʼtiborlisi, MIX bahslarida ishtirok etgan ikkala jamoamiz ham sovrindorlar safidan joy oldi. Jumladan, 1-jamoamiz oltin, 2-jamoamiz kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bronza esa Tailand jamoasiga nasib etdi.











