2024-yil Fransiya poytaxtida o‘tkaziladigan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolari beruvchi ushbu musobaqada 3 nafar vakilimiz sovrindorlar safidan joy oldi.

Jumladan, erkaklar o‘rtasida -80 kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan Asad Toshtemirov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan holda oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘ldi.

-63 kg vazn toifasida Zuhriddin Tohirov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ayollar o‘rtasida +65 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Guljanoy Naimova delegasiyamiz hisobiga kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.

Shu tariqa dunyonng 37 mamlakatidan 150 nafardan ortiq para taekvondochi qatnashgan Gran-prida terma jamoamiz umumjamoa hisobida Braziliya va Turkiyadan so‘ng 3-o‘rinni egalladi.