"Dunyoning eng kuchli para taekvondochilari ishtirok etgan ushbu musobaqa vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. 5 nafar sportchi bilan bahslarda qatnashgan delegatsiyamiz yakunda 4 ta medalga sazovor bo‘ldi", deya xabar berdi Milliy paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Xabarga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida Sanjar Muxtorov (-58 kg) hamda Asadbek Toshtemirov (-80 kg), ayollar o‘rtasida esa Ziyoda Isoqova (-47 kg) bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari chempioni Guljanoy Naimova (+65 kg) doimgidek g‘oliblikni hech kimga bermadi.
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi sayyoramizning 30 ga yaqin davlatidan 200 nafarga yaqin sportchi qatnashgan nufuzli musobaqada 1 ta oltin va 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.