Fransiya poytaxti Yevropada mazkur masalada ekstremal choralar ko'rgan birinchi shaharga aylandi.

Parij meri Enn Idalgo shahardagi elektr skuterlarni ijaraga beruvchi barcha kiksheringni yopishga qaror qildi. Mazkur choralarni parijliklarning o'zlari talab qilishdi.

Referendum bo'lib o'tdi. Unda aholining atigi o'ndan bir qismi ishtirok etgan bo'lsa-da, mazkur masalaga yechim topildi. 1-sentabrdan Parij deyarli skuterlardan xoli bo'ladi. Taqiq xususiy mulkdorlarga ta'sir qilmaydi. Kiksheringlar odamlarni ishdan bo'shatishga tayyorlanmoqda. Bu yerda asosan migrantlar ishlaydi. Ular elektr skuterlarni ta'mirlaydi va ularga xizmat ko'rsatadi, deb xabar beradi mir24.tv.