Loyiha buyuk alloma va mutafakkir tavalludining 1050 yilligiga bag'ishlangan. 

Tashrif buyuruvchilar vizual installyatsiyalar yordamida Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ijodi, kashfiyot va izlanishlari haqida ma'lumot olishlari mumkin. ekspozitsiyada allomaning Frantsiya milliy kutubxonasi fondidan yig'ilgan qo'lyozmalariga alohida joy ajratilgan. 

O'ylaymanki, ushbu loyiha Evropa jamoatchiligida katta qiziqish uyg'otib, buyuk allomalarimiz merosi bilan faxrlanadigan o'zbek zamini haqidagi tasavvurlarini yanada boyitadi.  

Shu o'rinda O'zbekiston YUNESKO Bosh Konferentsiyasining 43-sessiyasini 2025 yilda Samarqandda o'tkazishga tayyorligini mamnuniyat bilan ma'lum qilaman! Agar ushbu taklif ma'qullansa, bu tarixiy voqea YUNESKO sessiyalarini faqat Parijda chaqirish bo'yicha 40 yildan oshiq davom etgan an'anani o'zgartira oladi.