Koʻrgazma bugungi Oʻzbekistonning janubiy qismi boʻylab oʻtgan buyuk ipak yoʻli tarixi haqida hikoya qiladi.
Shuningdek, koʻrgazmada Qashqadaryoda saqlanayotgan VIII asrga oid “Katta langar Qurʼoni” varaqlari qayta tiklanadi.
Keyingi yillarda boy maʼnaviy-madaniy merosimizga dunyo hamjamiyati tomonidan berilayotgan eʼtibor Mamlakatimizning oʻziga xos oʻtmishiga qiziqishning tobora ortib borayotganidan dalolat. Parijda “Katta langar Qurʼoni” varaqlarining qayta tiklanishi ham Oʻzbekiston har tomonlama jahonga yuz tutayotganini yana bir karra isbotlaydi.