Parijdagi Arab dunyosi institutida 2022-yil 23-noyabrdan 2023-yil 4-iyungacha “Samarqandga yoʻl. Ipak va oltin moʻjizalari” nomli koʻrgazma tashkil etilmoqda.
Unda Oʻzbekiston hunarmandlarining asarlari namoyish etiladi.
Koʻrgazmada XIX – XX asr oʻrtalariga oid milliy toʻqimachilik mahsulotlari, liboslar, bezaklar, Buxoro amirligi davrining zardoʻzi choponlari, shuningdek, Oʻzbekiston davlat muzeylari kolleksiyasidan toʻplangan Turkiston avangardiga oid rangtasvir asarlari bilan tanishish mumkin.