Al`bomlr ichida maxsus interfaol elimlanuvchi suratlar mavjud bo'lib, ular yordamida mushtariy yoki u yoki bu milliy libosni qanday tarixiy hududga mansubligini topib, moslashi hamda umumiy ma'rifiy-ijodiy rivojlanishi uchun bo'yashi mumkin.

O'zbekistonning har bir go'shasi o'ziga xos alohida xususiyatlari bilan diqqatga sazovor. O'zbek liboslarini shartli ravishda quyidagicha toifalash mumkin: 

– Samarqand va Buxoro

– Xorazm

– Qoraqalpog'iston

– Qashqadaryo va Surxondaryo

– Toshkent va Farg'ona vodiysi

O'zbekcha kiyim-kechaklarning milliy an'analari avlodlarni barkamol, yuksak didli, ma'nan komil etib tarbiyalashda salmoqli ahamiyat kasb etib kelmoqda. 

Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi ko'magi bilan al`bomlar frantsuz, o'zbek va rus tillarida chop etildi.