Loyihaning birinchi bosqichida har bir hududdan DALF S1 darajaga ega fransuz tili oʻqituvchilari saralanib, fransuz mutaxassislari tomonidan yaratilgan dastur asosida, Toshkent Fransuz Alyansida trenerlikka tayyorlov kurslarida malakasi oshirildi.

2022-yilning 24-27-may kunlari tashkil etilgan ushbu seminar Parijning Yangi Sorbonna universiteti faxriy professori Jan-Klod Beakko tomonidan olib borildi.

A. Avloniy milliy-tadqiqot instituti direktori Ayubxon Radjiyev hamda Fransiya elchixonasining taʼlim hamkorligi boʻyicha mintaqaviy attashesi Serj Bellini ishtirokida qatnashchilarga sertifikatlar topshirildi.

Loyihaning navbatdagi bosqichlarida fransuz tili oʻqituvchilarining Fransiyaga stajirovkasi va “Uzluksiz kasbiy taʼlim” LMS platformasi uchun yangi video kontentlar tayyorlash boʻyicha treninglar tashkil etish rejalashtirilgan.