Toshkent viloyati Axborot xizmatining ma'lum qilishicha, viloyatning shahar va tumanlari bo'yicha yashil, qizil va sariq hududlar belgilandi. Unga ko'ra, YAngiyo'l shahri, Oqqo'rg'on tumani, Zangiota tumani, Parkent tumani qizil hududga kiritildi. Sababi bu tumanlada oxirgi 14 kun ichida koronavirus infektsiyasiga chalingan shaxslar aniqlangan.
So'nggi 14 kun davomida koronavirus infektsiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmagan, biroq ushbu kasallikka chalingan va davolanayotgan shaxslar mavjud bo'lgan Angren shahri, CHirchiq shahri, Bekobod, Qibray, Quyi CHirchiq, O'rta CHirchiq, CHinoz, YUqori CHirchiq, Toshkent tumanlari sariq hudud deb e'lon qilindi.
YAshil (koronavirus infektsiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmagan yoki aniqlangan shaxslar to'liq sog'aygan) hududga esa Olmaliq shahar, Ohangaron shahar, Bekobod shahri, Nurafshon shahri, Ohangaron, Bo'stonliq, Bo'ka, Piskent tumanlari kiritildi.