Komissiyaning vazifalari yuzaga kelayotgan masalalarni hal etishda amaliy yordam berish maqsadida ishbilarmon doiralarining vakillari bilan yaqindan hamkorlik qilish tizimini yaratish hamda investitsiya va tadbirkorlik faoliyatini ragʻbatlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni koʻrishdan iborat.

Komissiya aʼzolari joylarda boʻlib, ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar bilan bevosita muloqot qildilar va faoliyat yuritayotgan korxonalarning hozirgi holatini, ularning ehtiyojlarini va muammoli masalalarini oʻrganib chiqdilar. Shuningdek, ushbu tumanlarning sanoat salohiyati tahlil qilinib, ishlab chiqarishni kengaytirish, yuqori qoʻshimcha qiymatga hamda mahalliy va xorijiy bozorlarda yuqori talabga ega boʻlgan mahsulotlarni yaratuvchi yuqori texnologiyali korxonalarga investitsiyalar jalb etish borasida qoʻshimcha imkoniyatlar aniqlandi. Taʼkidlandiki, bunday loyihalar sonining koʻpayishi eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirib, mahalliy aholi bandligini taʼminlaydi.

Shuningdek, tashrif doirasida Parkent va Yuqorichirchiq tumanlari tadbirkorlari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi. Unda tadbirkorlarning taklif va muammolari tinglandi va tahlili amalga oshirildi. Tahlil natijalari asosida vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlariga tegishli koʻrsatmalar berildi.

Har bir koʻrib chiqilgan holat yuzasidan tegishli vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining birgalikdagi saʼy-harakatlari bilan tezkor va samarali yechimlar ishlab chiqildi.

Uchrashuv yakunida Hukumat komissiyasi tomonidan ijrochilar, amalga oshirish muddatlari va kutilayotgan natijalar aniq belgilangan holda amaliy chora-tadbirlarning batafsil rejasi qabul qilindi. Ushbu koʻrsatmalar ijrosi ustidan tizimli nazorat deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.