Joriy yil hududlarda turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, Parkent tumanida 2 ta zamonaviy mehmonxona, 1 ta “SHoirlar uyi”, va 33 ta oilaviy mehmon uylari va boshqa xizmat ko'rsatuvchi ob'ektlar, foydalanishga topshirildi.

Joylarda sayyohlarga qulaylik yaratish uchun 7 ta namunaviy sanitariya-gigiena shaxobcha barpo etildi. Xususan, 4 ta turistik ob'ektlarga olib boruvchi yo'l ko'rsatkich belgilari, 20 ta turizm ob'ektlarda Wi-Fi hududlari, 8 ta turistik marshrutlar qatnovi yo'lga qo'yildi.

Tumanda turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha 2021-2022 yillarga mo'ljallangan jami qiymati 66,6 milliard so'm bo'lgan 3 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi natijasida 40 ta yangi ish o'rni yaratildi. Jumladan, Kumushkon qishlog'ida Respublikada birinchilardan bo'lib “Turizm qishlog'i” loyihasi boshlandi.

Bu erda turizm jozibadorligini yanada yaxshilash bo'yicha keng ko'lamli obodonchilik ishlari va boshqa turizm ob'ektlarini tashkil etish bo'yicha ham ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent viloyat hokimligi axborot xizmati