SHLP2 mitoxondrial mikroproteindir. U hujayralarning “quvvat markazlari” deb nomlanuvchi mitoxondriya ichida hosil bo'ladi.
Parkinson kasalligi rivojlanishi bilan tanadagi SHLP2 darajasi oshadi. Bu oqsil immunitet tizimining kasallikka qarshi kurashishida muhim o'rin tutishi mumkinligini anglatadi. Unda aniqlangan genetik mutatsiya, olimlarning fikriga ko'ra, mikroproteinni yanada barqaror qiladi.
Kimyoviy tahlil mutatsiya SHLP2 ga sog'lom organizm funktsiyalari bilan bog'liq fermentlarni yanada samarali boshqarishga imkon berishini ko'rsatdi. Ushbu ma'lumotlar yangi davolash usullarini ishlab chiqish uchun muhim ahamiyatga ega, deb xabar beradi mir24.tv.