Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 27-iyul kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakatda yashirin iqtisodiyot darajasi yuqoriligi qayd etilib, uni qisqartirish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab berilgandi.

Prezidentimiz yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda ehtiyot bo‘lish, iqtisodiy faolikka zarar yetkazmaslik, buning uchun davlat organlari, biznes va jamoatchilik hamjihatlikda ishlashi muhimligini alohida ta’kidladi. Shu ma’noda, biz ham ushbu yo‘nalishda tegishli o‘rganishlar, tahlillar o‘tkazishimiz, milliy qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishimiz hamda parlament nazorati doirasida mutasaddi organlarning mazkur yo‘nalishdagi faoliyatiga baho berib borishimiz zarur.

Boisi, yashirin iqtisodiyot ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda aniq prognozlar qilish, istiqbolni belgilash, shuningdek aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning aniq mezonlarini belgilashga to‘sqinlik qiladi.

Tanzila NARBAYEVA,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi.