Uchrashuv boshida Adel al-Asumiya Oʻzbekistonda Prezident saylovi muvaffaqiyatli oʻtgani bilan tabrikladi.

Suhbat davomida ikki tomonlama parlamentlararo va mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish masalalari, mamlakatlar oʻrtasida savdo-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-gumanitar hamkorlik salohiyatini boyitishda parlamentlar roli muhokama etildi.

Ikki mamlakat parlamentlararo aloqalarini faollashtirish zarurligi taʼkidlandi.

Suhbat chogʻida Tanzila Narbayeva gender tenglikni taʼminlash sohasida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida soʻzladi va parlamentlararo aloqalarni kengaytirish zarurligini qayd etdi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati.