Muloqotda parlamentlararo hamkorlik va aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv avvalida M.Shentop Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi muvaffaqiyatli oʻtgani bilan tabrikladi.
M.Shentop parlamentlar ikki tomonlama munosabatlar asoslarini mustahkamlash boʻyicha oʻz oldiga aniq maqsadlar qoʻyganini taʼkidladi. “Bu ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishning huquqiy asoslarini taʼminlashga qoʻsha oladigan hissamizga alohida eʼtibor qaratamiz. Buning uchun doʻstlik guruhlari va parlamentlararo aloqalar imkoniyatlaridan faol foydalanishga tayyormiz”.
Tomonlar ikki mamlakat parlamentlarining vazifasi oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarni qonunchilik yoʻli bilan taʼminlash va davlat rahbarlari tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan aloqalar hamda hamkorlik surʼatlarini izchil davom ettirishdan iborat ekanini taʼkidladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati.
Parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalasi muhokama qilindi
2021-yil 29-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasining Madrid shahridagi Parlamentlararo ittifoqning 143-Assambleyasidagi ishtiroki doirasida Turkiya Buyuk millat majlisi raisi Mustafo Shentop bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Toşkentda havo ifloslanişiga yoğingarçilik kamligi va çang massalari ham sabab bölmoqda — Ekoqömita
- Şavkat Mirziyoyev inqilobi yoxud men nima uçun Prezidentim bilan ğururlanaman?
- Urgançda turkiyalik olimning “Men tanigan Özbekiston” kitobi taqdimoti ötkazildi
- Tibbiyotda infratuzilmani rivojlantirish va sohada xususiy sektor ishtirokini kengaytirish choralari ko‘rib chiqildi
- Prezidentimiz Ibn Sinoning bolaligi haqidagi film suratga olinayotgan maydonni koʻzdan kechirdi
- Özbekiston fuqarolarining Misrga kirişi böyiça yangi qoidalar 2027-yilga qoldirildi
2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Mudofaa vaziri etib tayinlangan Botir Qudratxo‘jayevni kuzatish marosimi o‘tkazildi
- Özbek alifbosidagi 4 ta harf özgardi: hujjatlarni almaştiriş şart emas
- Oʻzbekiston Prezidenti “Lukoyl” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishdi
- Pensiya islohotlari: fuqarolar oʻz kelajagidan xavotir olmasligi lozim
- Terma jamoamiz FIFA reytingida bir pog‘ona yuqoriladi