Muloqotda parlamentlararo hamkorlik va aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv avvalida M.Shentop Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi muvaffaqiyatli oʻtgani bilan tabrikladi.
M.Shentop parlamentlar ikki tomonlama munosabatlar asoslarini mustahkamlash boʻyicha oʻz oldiga aniq maqsadlar qoʻyganini taʼkidladi. “Bu ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishning huquqiy asoslarini taʼminlashga qoʻsha oladigan hissamizga alohida eʼtibor qaratamiz. Buning uchun doʻstlik guruhlari va parlamentlararo aloqalar imkoniyatlaridan faol foydalanishga tayyormiz”.
Tomonlar ikki mamlakat parlamentlarining vazifasi oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarni qonunchilik yoʻli bilan taʼminlash va davlat rahbarlari tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan aloqalar hamda hamkorlik surʼatlarini izchil davom ettirishdan iborat ekanini taʼkidladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati.
Parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalasi muhokama qilindi
2021-yil 29-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasining Madrid shahridagi Parlamentlararo ittifoqning 143-Assambleyasidagi ishtiroki doirasida Turkiya Buyuk millat majlisi raisi Mustafo Shentop bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyuradi
- Saida Mirziyoyeva AQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi rahbari bilan uchrashdi
- Nufuzli xalqaro shaxmat musobaqalari g‘oliblarini rag‘batlantirish miqdorlari oshiriladi
- “Vatanni o‘chirib bo‘lmaydi, bolam...”
- Qiziltepadа fermerlar paxtadan 80 tsentner hosil olishni maqsad qilmoqda
- Navro‘zbuloq toshlarida ham daraxt o‘sadi
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- Pedagoglar malaka toifasini olish uchun necha ball toʻplashi kerak?
- Qidiruvdagi shaxs ayollarni terrorchilik tashkilotlariga jalb qilgani aytilmoqda