Parranda goʻshtini eksport qilishda mavjud barcha cheklovlar bekor qilinadi

    “Parrandachilik sohasini yanada qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy genetik texnologiyalar va kooperatsiya tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-238-son, 27.06.2024-y.) qabul qilindi.

    Qarorga koʻra, kooperatsiya tizimiga asoslangan “Agroparranda klasteri” loyihasi amalga oshiriladi.

    2030-yil 1-yanvargacha parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini (ekin maydonlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etiladi.

    2024-yil 1-iyuldan parranda goʻshtini (TIF TN kodi 0207) eksport qilishda mavjud barcha cheklovlar bekor qilinadi.

    2024-yil 1-oktyabrdan yangi soʻyilgan, sovutilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi goʻshti va qoʻshimcha ozuqabop mahsulotlari (butun goʻsht, qanot, bel, boʻyin, okorochok, golen, son, qiyma va teri) Oʻzbekiston hududiga olib kirishda belgilangan bojxona boji boʻyicha berilgan imtiyoz bekor qilinadi.