Omuxta yem va parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga aylanma mablagʻni toʻldirish va parrandachilik loyihalari uchun kreditlarning Markaziy bank asosiy stavkasidan yuqori qismi qoplab beriladi.
Parrandalarni soʻyishga moʻljallangan zamonaviy kompleks loyihalari boʻyicha xarajatlarning bir qismi kompensatsiya qilinadi.
Parrandachilik korxonalari uchun foyda, mol-mulk, yer va suv soliqlari stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.
Parrandachilik loyihalarini amalga oshirishga Mikrokreditbank masʼul boʻladi va unga davlat tomonidan 50 million dollar resurs ajratiladi. Ishlar natijasiga qarab yana 50 million dollar beriladi.