Oqibatda u favqulodda qo'nishni amalga oshirishga majbur bo'ldi, deb xabar beradi Britaniyaning The Daily Mail nashri.
Bu odamning ismi Rudolf Erazmus, u bortida to'rt yo'lovchisi bo'lgan samolyotni boshqargan. Bir necha daqiqadan so'ng u ko'ylagi ostida harakatni his qilgan va ilonni ko'rib qolgan. Erkak xotirjamlikni saqlab, favqulodda qo'nishni amalga oshirishi zarurligini aytgan.
Erazmus laynerni xavfsiz qo'ndirishga muvaffaq bo'ldi, kobra esa samolyotdan sudralib chiqib, uchuvchiga ham, boshqa odamlarga ham zarar yetkazmadi. Uchuvchi o'z yo'lovchilariga vazminlik uchun minnatdorchilik bildirdi va u kamtarlik bilan hech qanday qahramonlik ko'rsatmaganini aytdi, deb xabar beradi mir24.tv.