Ushbu shaxs hasharotni maxsus elektr pashsha oʻldiruvchi asbob yordamida oʻldirmoqchi boʻlgan. Lekin uydagi gaz ballonidan gazning sizib chiqayotganidan bexabar boʻlgan. Elektr asbob yoqilishi bilan uyda portlash yuz bergan.
Natijada oshxona va uyning tomining bir qismi vayron boʻlgan. Pashsha oʻldirmoqchi boʻlgan kishining qoʻli kuygan. U tekshirish uchun Liburn shifoxonasiga yetkazilgan, deb xabar beradi news.ru The Mirror axborotiga tayanib.