Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, tabiiy gaz, issiqlik energiyasi va ichimlik suvi tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga shikast yetkazish, koʻrsatkichlarini oʻzgartirganlik qonunga muvofiq maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.
Ushbu qilmishingiz uchun qonun oldida javob berishingiz barobarida, boshqa fuqarolarning mazkur resurslardan teng foydalanish huquqini buzishingiz mumkinligini unutmang!