Tekshiruvda ushbu bank filiali sobiq bosh mutaxassisi B.N. fuqaro A.X. bilan oʻzaro til biriktirib, hujjatlarni soxtalashtirish orqali 15 nafar fuqaroga 422 mln soʻm mikroqarz va kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablagʻlarni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.