Bugun pastdargʻomlik fermer va dehqonlarimiz nafaqat oʻzini oʻylab, balki tuman ahli dasturxoni toʻkin-sochinligi, bozorlarda narx-navoning barqarorligini taʼminlashga ham oʻz xissasini qoʻshishga bel bogʻlagan. Buning uchun ayni paytda gʻalladan boʻshagan 10 960 gektar yerga ekilgan takroriy ekinlarga bor mehrini berib, mehnat qilishmoqda.
Tamandagi “Dilafroʻz” fermer xoʻjaligi ham anashundaylardan. Joriy yilgi gʻalla hosilni ortigʻi bilan bajargan ushbu fermer xoʻjaligi, gʻalladan boʻshagan 108 gektar yerga takroriy ekin ekishni reja qilgan. Jumladan, 20 gektar maydonga kartoshka, sabzi 10 gektar, tarvuz 10 gektar, mosh 10 gektar, loviya 10 gektar, shuningdek, 30 gektar maydonga ozuqa ekinlari ekilgan. Qolaversa, 18 gektar maydonga kechki sholgʻom, turp, lavlagi ekinlari ekishni rejalashtirgan.
Bir narsani alohida taʼkidlab oʻtish lozim ushbu fermer xoʻjalik tomonidan tarvuzni noanʼanaviy usulda ekishni tajribadan oʻtkazmoqda. Yaʼni, tarvuzni urugʻdan emas koʻchat qilib ekish usulini amaliyotda qoʻlladi.
Maʼlumot oʻrnida, tumanda bu yilgi hosili kutilayotgan takroriy ekinlarning asosiy qismi roʻzgʻor uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat ekinlari boʻlib, shundan, kartoshka 48,7 gektar, sabzavot mahsulotlari 455,4 gektar, dukkakli ekinlar 3142,9 gektar, ozuqa ekinlari 6667 gektarni tashkil etadi.