Joriy yilning 16-iyul kuni soat 18:30 larda poytaxtning "Do‘rmon yo‘li" ko‘chasi bo‘ylab 3 nafar YPX inspektorlari patrullik mototsikllarida harakatlanib ketayotgan vaqtida, "G‘azalkent" ko‘chasidan chorrahaga kirib kelgan "Onix" rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

YTH natijasida patrullik mototsiklini boshqarib kelgan 1 nafar YPX xodimi olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan. Tan jarohati olganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur YTH kortej kuzatuvi vaqtida sodir bo‘lgani to‘g‘risida noto‘g‘ri talqin kuzatilmoqda. Tarmoq vakillaridan asoslantirilmagan xabarlarni tarqatmaslik so‘raldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.