Tibbiyot xalatlari va bir qancha kundalik buyumlarning paxtadan tayyorlanishi shifokorlar va boshqa shunday buyumlar kiyib yuradigan odamlarga ushbu matolarning sanitar jihatdan afzalliklaridan foydalanish imkonini yaratgan.
Undan tashqari paxtadan tayyorlangan tibbiy niqoblardan foydalanish koʻproq xavfsiz va foydali degan xulosaga kelish mumkin.
Agar paxta buyumni shkafga joylab qoʻysangiz, bir sutka oʻtgach, uni koviddan xavfsiz deb hisoblashingiz mumkin, — deb xabar bergan yetakchi ilmiy xodim, MFTI laboratoriya mudiri oʻrinbosari Stanislav Otstavnov.
U shuningdek, har xil matolarni tahlil qilish muhimligini ham taʼkidlagan. Bu narsa virusning qanday sharoitda saqlanib qolish va tezroq yoʻqolishini aniqlash imkonini beradi ekan.
Niqoblarga kelsak, — deb xabar beradi ekspertlar, — paxtali matodan tayyorlangan koʻp qavatli niqoblar virusdan tibbiy niqoblarga nisbatan ishonchsizroq himoya qilsada, SARS-Cov-2ning tarqalishiga yaxshigina vosita boʻlib xizmat qiluvchi respirator tomchilarni koʻproq ushlab qoladi.