Joriy mavsumda 1 ming 47 ta paxta terish mashinalari yordamida 833 ming tonna yoki hosilning 23 foizi terib olinishi rejalashtirilgan. Bu o'tgan yilga nisbatan 5 foizga ko'pdir.
Bu jarayonlarni qay tarzda olib borilayotganini monitoring qilib borish maqsadida Qishloq xo'jaligi vazirligida onlayn hisobotlarni yig'ib boruvchi maxsus Shtab faoliyati yo'lga qo'yildi. Buning uchun “Agroplatforma” axborot platformasi negizida ishlovchi “Hosil-qabuli” kichik axborot tizimi joriy etildi. Ushbu tizim orqali paxta qabul qilish punktlariga qabul qilinayotgan paxta xomashyosi elektron onlayn tarozilardan o'tishi bilan shu vaqtning o'zida tizimda ko'rinadi.
Tizimning yana bir qulayligi shundaki, bu jarayonlarga ortiqcha vaqt va boshqa xarajatlar ketmaydi. Amalga oshirilayotgan ishlarni onlayn tarzda kuzatib borish mumkin.