Paxta mashinalarda terib olinmoqda

    Amudaryo tumanidagi “Javlon” fermer xo'jaligida paxta terish mashinalari dalalarga tushirildi. endilikda amudaryolik paxtakorlar etishtirgan “oq oltin” hosilining bir qismi paxta terish mashinalari orqali terib olinadi.

    “Amudaryotex” xorijiy korxonasining paxta-to'qimachilik klasteri balansiga xarid qilingan har bir paxta terish mashinasi orqali kuniga 15-20 tonna atrofida hosil yig'ishtirib olinadi.

    Paxta terish mashinalarining xarid qilinishi majburiy mehnatdan voz kechish, terimda qo'l mehnatini kamaytirish va samaradorlikni oshirishga yordam beradi.