Oʻzbekistonda paxta terimiga majburlash bilan bogʻliq holatlar Senatning Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy komissiyasi tomonidan nazoratga olindi.
Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mazkur holatlar zudlik bilan oʻrganiladi hamda masʼullarning faoliyatiga huquqiy baho berilishi taʼminlanadi”, deyiladi Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy komissiya xabarida.
Shu kabi holatlar aniqlangan taqdirda 1282 yoki 1092 qisqa raqamlariga yoki @munosibmehnat_bot Telegram boti orqali murojaat qilish mumkinligi bildirildi.