Paxta terish mashinalarini sotib olish uchun kreditlar ajratiladi

    Moliya 16 Sentabr 2020 2973

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta hosili terimini mexanizatsiyalashni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi (PQ-4828, 15.09.2020 y).

    Qarorga muvofiq, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlarining “Agrobank”ning ustav kapitalidagi ulushi 50 mln AQSH dollariga oshiriladi.

    Ushbu mablagʻlar paxta-toʻqimachilik klasterlariga va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga mahalliy paxta terish mashinalarini sotib olishga Markaziy bankning asosiy stavkasida kreditlar ajratish uchun yoʻnaltiriladi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari hududlardagi paxta terish mashinalariga talabgorlarning aniq roʻyxatini shakllantiradi.