2021-yil hosili uchun Paxtachi tumanidagi 219 ta fermer xoʻjaliklari tomonidan 8 ming 195 gektar yer maydoniga chigit ekilgan boʻlib, gʻoʻza parvarishi yuzasidan agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilgani sababli “Barhayot Qurbon Rajabov” MMTP hududida joylashgan “Sayqal xirmon” fermer xoʻjaligidagi 34 gektar yer maydonida parvarishlanayotgan gʻoʻza gul koʻrsatdi.

Shuningdek, tumandagi Shamsi Nazarov MMTP hududidagi “Amir Odilov”, “Paxta Elita” fermer xoʻjaligi, Roʻziqul Maxmanov MMTP hududidagi “Nodirjon Navroʻzjon Ortiqov” fermer xoʻjaligida parvarishlanayotgan gʻoʻza nihollari ham gulga kirdi.

— Gʻoʻza parvarishi yuzasidan belgilangan agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilib, doimiy ravishda monitoring-tahlil tadbirlari oʻtkazilmoqda, — deydi “Oʻzagroinspeksiya”ning Paxtachi tumani boʻlimi boshligʻi Oybek Aminov. — Jumladan, gʻoʻza nihollarini oʻgʻitlash, chuqurlashtirib haydash, gektariga 300 kilogrammdan fosforli, 600 kilogrammdan azotli oʻgʻitlar bilan oziqlantirish, suspenziya, yaʼni bargidan oziqlantirish ishlari doimiy nazoratga olindi. 2021-yilning yanvar-may oylari davomida gʻalla va gʻoʻza agrotexnikasi yuzasidan 133-marta monitoring-tahlil tadbirlari oʻtkazilgan boʻlib, 4 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Aniqlangan qonunbuzilish holatlarining oldini olish maqsadida 4 ta holat yuzasidan maʼmuriy qaror qabul qilinib, 1 ta yozma koʻrsatma berildi.

Yana bir gap. 2021-yil hosili uchun 75 ming 356 gektar yer maydoniga ekilgan gʻoʻzadan moʻl hosil yetishtirish yuzasidan mavjud agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishi taʼminlanmoqda. 2021-yilning 7 - iyun holatiga koʻra, 1 ming 521 gektar yer maydonidagi gʻoʻza gullash, 70 ming 832 gektarda shonalash, 3 ming gektardan ortiq yerda 5-6 chinbarg chiqarish fazasida rivojlanmoqda, deya xabar bermoqda “Oʻzagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmati

Bir kunda oʻrtacha 5,5-6 ming gektardan ziyod gʻoʻza qator orasiga ishlov berilmoqda. Hozirga qadar 16 ming 510 gektar gʻoʻza maydoni birinchi sugʻorilgan boʻlib, 354 ta purkagichlar bilan bir kunda 6 ming gektardan ortiq yer maydonidagi gʻoʻza bargidan oziqlantirilmoqda.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlarining oldini olish maqsadida 4 ta holat yuzasidan maʼmuriy qaror qabul qilinib, 1 ta yozma koʻrsatma berildi.