Xususan, Davlatimiz rahbarining 2026-yil 8-maydagi “G‘o‘za va bug‘doy yetishtiruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan fermer va klasterlarga bir qator imtiyozlar berildi.

Birinchidan, shartnomada belgilangan muddatda qaytargan xo‘jaliklarga ushbu kreditlar bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovining 2,5 foizini, hosil yilining yakuniga (tegishli yilning 31-dekabriga) qadar qaytargan xo‘jaliklarga ushbu kreditlar bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovlarining 5 foizini hamda bug‘doy yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yilining 1 avgustiga qadar to‘liq qaytargan xo‘jaliklarga ushbu kreditlar bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovining 4 foizlik punkt mablag‘lari fermer xo‘jaliklariga qaytarib beriladi ya'ni, fermerlarning mablag‘lari tejalayapti va iqtisodiy imkoniyatlari oshayapti.

Ikkinchidan, dizel yoqilg‘isini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qisman qoplash maqsadida 2026-yil 1-apreldan 2026-yil 1-iyulga qadar qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan birja savdolari orqali xarid qilingan har bir tonna dizel yoqilg‘isi qiymatining 13 million so‘mdan oshgan qismi uchun, biroq 2 million so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti hisobidan Agentlik orqali subsidiya ajratiladi.

Uchinchidan, g‘o‘za xomashyosini xarid qilish uchun g‘o‘za-to‘qimachilik klasterlari hamda g‘o‘za xomashyosini qayta ishlash va ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega to‘qimachilik korxonalariga ajratilgan tijorat kreditlari bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovining 8 foiz punktidan yuqori, lekin 16 foiz punktdan oshmagan qismi qoblab berish bo‘yicha klasterlarga imtiyozlar berildi.

- Paxtachilikda yuqori hosil olish, avvalo, dehqon va fermerlar, paxta klasterlari hamda soha fidoiylari tomonidan tunu-kun qilingan mashaqqatli mehnatining, shuningdek, puxta o‘ylangan islohotlar va ilmiy yondashuvlar asosida o‘z  samarasini berishini hammamiz his qilib turibmiz, - deydi Qorqalpog‘iston fermerlari kengashi raisi vazifasini bajaruvchisi Paxratdin Bekanov. - Jumladan, joriy yilda Qoraqalpog‘iston bo‘yicha 80 ming gektar maydonlarda shundan,  21 ming gektardan ortiq Shinjon usulida chigit ekib, yuqori hosil olish bo‘yicha dalalarda shijoat bilan astoydil ish olib borilmoqda. 

Barchamiz yaxshi tushunamizki, hozirgi o‘ta murakkab iqlim sharoitida ko‘plab sinov va qiyinchiliklarga qaramasdan dehqon-fermerlar hamda klaster korxonalari tomonidan har qachongidan ko‘proq mas'uliyat bilan ter to‘kib ishlashni davr taqozo etmoqda. Yurtimiz taraqqiyoti uchun “Dolzarb 30 kunlik” davomida agrotexnik tadbirlarni sidqidildan amalga oshirib, yuqori hosil va yuqori daromad uchun puxta zamin yaratilgan. Va albatta, buning uchun har bir fermer xo‘jaligi o‘z dalasida g‘o‘zaga ishlov berish, parvarishlash borasida soha olimlari, mutaxassislari va tajribali ustoz fermerlar tavsiyasi asosida tizimli ishlarni tashkil etishmoqda.

- Bugungi kunda mavjud 803 dona chuqur yumshatgichlar hamda 1 ming 588 dona kultivatorlar to‘liq dalaga safarvar qilingan bo‘lib, ularning ish unimini oshirish uchun mexanizatorlarga dalaning o‘zida qulay shart-sharoitlar yaratib berilgan, - deydi Qorqalpog‘iston fermerlari kengashi raisi vazifasini bajaruvchisi Paxratdin Bekanov. - G‘o‘za maydonlarini azotli mineral o‘g‘itlar bilan gektariga 250 kg.dan ikkinchi oziqlantirish ishlarini amalga oshirish tavsiya qilingan. Shuningdek, g‘o‘za maydonlarini gektariga 200 kgdan azotli mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirilishi yaxshi natija beradi. Suv tanqisligini inobatga olgan holda har besh gektar maydonga bir dona sharbat o‘ralarini (xandak) qazish, gektariga 5 tonnadan jami 400 ming tonna mahalliy o‘g‘itlarni dalaga chiqarib, faqat sharbat usulida sug‘orish ishlari xam amalga oshiriladi.

Shuningdek, har bir fermer xo‘jaligi rahbari paxtachilik klaster korxonalari bilan hamkorlikda ishlarni yanada jadallashtirib, bu yil g‘o‘za hosilini 50 sentnerdan yuqori hosil olini niyat qilishgan.

Joriy yilda qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida yuqori hosil yetishtirish uchun puxta zamin yaratilgan. Yuqorida qayd etganimizdek, g‘o‘za dalalarida agrotexnik tadbirlarini qisqa muddatlarda, sifatli qilib yakunlash choralarini ko‘rish shu kunning muhim vazifasi hisoblanadi. Bu Qoraqalpog‘istonning iqtisodiy taraqqiyotiga, aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

 

Minajatdin QUTLЫMURATOV,

“Yangi O‘zbekiston” muxbiri.