“Paxtakor” futbol klubi sotuvga qoʻyildi

    Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Paxtakor futbol klubi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 100 foiz davlat ulushi savdoga chiqarilganini maʼlum qildi.

    Klubni sotib oluvchi xaridor keyinchalik quyidagi talablarga rioya qilishi kerak boʻladi:

    - futbol klubining faoliyatini saqlab qolish, rivojlantirish va xalqaro darajaga olib chiqish;

    - futbol klubi balansidagi barcha sport obyektlaridan, shu jumladan, futbol maydonidan faqatgina sport faoliyati yoʻnalishlarida foydalanish;

    - “Paxtakor” futbol klubi akademiyasi faoliyatini saqlab qolish va rivojlantirish.