Yer uchastkalari uchun auksionda yangi tartib joriy etildi

    Mamlakatimizda 5 Mart 2025 1480

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-martdagi 136-son qarori bilan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

    Unga koʻra, endilikda onlayn-auksion savdolarida yer uchastkalarining boshlangʻich narxi quyidagi mezonlar asosida belgilanadi:

    • Yer uchastkasining maydoni
    • Hududning toifa koeffitsienti
    • Yer soligʻi stavkasi
    • Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish qiymati
    • Yer maydoni boʻyicha kamaytiruvchi koeffitsient
    • Foydalanish turiga qarab oshiruvchi yoki kamaytiruvchi koeffitsient
    • Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va tanlash materiallarini tayyorlash xarajatlari

    Yangi tartib nimani anglatadi?

    Auksion jarayoni yanada shaffof va aniq boʻladi.
    Yer uchastkalari iqtisodiy tamoyillarga muvofiq narxlanadi.
    Tadbirkorlar yer auksionlariga oldindan tayyorgarlik koʻrish imkoniyatiga ega boʻladi.